884 25.03.2026
Maxsud Muhammedov G‘ijduvon tumanidagi o‘rganishlarida asosiy eʼtiborni taʼlim maskanlari sharoitlari, jumladan, “Tarbiya” fani hamda “Kelajak soatlari”ni samarali tashkil etish jarayonlariga qaratmoqda. Deputat shu maqsadda 67-sonli maktab hamda 9-sonli bog‘chada bo‘lib, pedagoglar va ota-onalar bilan yoshlar taʼlim-tarbiyasi masalasida ochiq muloqot o‘tkazdi.
“Bugun yoshlarga nafaqat zamonaviy bilimlarni o‘rgatish, balki ular ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyatni yanada chuqur singdirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash ham muhim hisoblanadi. Bu jarayonda “Tarbiya” fanini samarali o‘qitish muhim ahamiyatga ega”, – deydi deputat.