680 25.03.2026
Oqdaryo tumani “Primkent” mahallasi “yettiligi” bilan uchrashgan Azamat Pardayev asosiy eʼtiborni aholi bandligi masalasiga qaratdi. Bu jarayonda bugun strategik vazifaga aylangan tadbirkorlikni rivojlantirish, buning uchun yaratilgan imtiyozlardan samarali foydalanish muhimligini taʼkidladi. Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paydi. Ularda jami band aholining 74 foizi daromad topib, ro‘zg‘or tebratayapti.
Maktab va bog‘chalarda bo‘lgan uchrashuvlarda esa taʼlim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tgan uchrashuv, ayniqsa, samarali bo‘ldi. Deputat “O‘zbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati haqida atroflicha maʼlumotlar berdi.