373 25.03.2026
Farg‘onada o‘rganishlar olib borayotgan Sayyora Jumayeva talaba onalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shu maqsadda Koreya xalqaro universiteti hamda Markaziy Osiyo tibbiyot universitetida bo‘lib, talaba onalarni qo‘llab-quvvatlashga oid dasturlar, jumladan, taʼlim va oilani uyg‘unlikda olib borishga ko‘maklashuvchi maxsus kurs yoki treninglar tashkil etilganiga guvoh bo‘ldi.
Deputat partiyaning viloyat Kengashi masʼullari hamrohligida Farg‘ona shahridagi 41-sonli maktabda ham bo‘lib, “Tarbiya” fani darsligi hamda uni o‘qitish jarayonini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandi. Taʼkidlanganidek, yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi ushbu fanni samarali o‘qitish doimiy eʼtiborda bo‘lishi kerak.