764 25.03.2026
Jahongir Shirinov va Umida Rahmonovalar partiyaning viloyat Kengashi vakillari hamda mutasaddilar hamrohligida Qorako‘l va Olot tumanlarida xavfsiz muhit yaratish, jamoat xavfsizligi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. “Soliqlar – mahalla taraqqiyoti garovi” tamoyili doirasida soliq madaniyatini oshirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.
Tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan, ammo aholi uchun muhim bo‘lgan loyihalar ham o‘rganildi. Jumladan, 51-son oilaviy poliklinika filialiga zamonaviy bino qurish, Dehqonobod qishlog‘idagi Ilonli suv arig‘ini 4 km masofada betonlashtirish, 28-sonli maktab hududidagi bo‘sh maydonda futbol maydonchasi qurish, “G‘anchi Chandir” mahallasida zamonaviy piyodalar yo‘lagi barpo etish loyihalari ko‘rib chiqildi.