Jalaquduqdan ham xabar keldi


771     25.03.2026

Andijonning Jalaquduq tumanida o‘rganishlar olib borayotgan Bahodir Mamatxonov partiyaning viloyat Kengashi raisi Hamijon Omonov hamda tuman hokimi hamrohligida dastlab Qutayba ibn Muslim maqbarasini ziyorat qildilar. So‘ngra tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sharoiti og‘ir hududlar, yangi yo‘l, ko‘prik qurilayotgan, ichimlik suvi tarmoqlari tortilayotgan mahallalarda bo‘ldi.

Deputat aholi bilan uchrashib, "Tashabbusli byudjet" bo'yicha ijtimoiy muammolarni o‘rgandi. Jumladan, ayrim ko‘chalarga asfalt, shag‘al yotqizish, suv yo‘llarini taʼmirlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. “Sog‘lom avlod” oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan tanishildi.