865 26.03.2026
Vasila Fayziyeva Toshkent shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanbayev hamrohligida “Uchtepa kichik sanoat zonasi”da faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy jihoz va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar – “TSMT” hamda “Alfa plast group factory” faoliyati bilan tanishdi. Ushbu korxonalarda mahsulotlar asosan mahalliy bozorlar uchun ishlab chiqarilmoqda. Eksport miqdori esa yuqori emas.
“Milliy tiklanish” vakillari korxonalarning ishchilarga yaratilgan sharoitlari, asbob-uskuna va jihozlari, yangi ish o‘rinlarini ochish hamda eksportni oshirish imkoniyatlarini o‘rgandi.