869 26.03.2026
Sherzod To‘xtashev mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida Pastdarg‘om tumanida tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan loyihalarni o‘rgandi. Shu maqsadda bir necha maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo‘lib, muammolarni tahlil qildi. Muhokamalar jarayonida Prezidentning “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berdi.
Maʼlumki, mazkur qaror bilan deputatlarning saylov okruglarida ijtimoiy masalalarni hal etishdagi tashabbuskorligini kuchaytirish maqsadida har bir deputatga yiliga BHMning 8 ming baravari miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilangan. Bu mablag‘ni aynan tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan loyihalarga sarflash ko‘zda tutilgan.