Deputat e'tiborida "Tarbiya" fani


478     26.03.2026

Baxtiyor Maniyazov Andijondagi o‘rganishlarida “Milliy tiklanish” g‘oyalaridan kelib chiqib asosiy eʼtiborni pedagoglar maqomini oshirish, “Tarbiya” fani o‘qitilishini yaxshilash masalalariga qaratdi. Shu maqsadda Xo‘jaobod tumani Navoiy mahallasidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi bilan uchrashdi.

Shuningdek, 18-sonli maktabda ham bo‘lib, pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda taʼlim tizimida maishiy korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.