Aholi fikri asosida ustuvor loyihalar belgilanmoqda


661     26.03.2026

Nukus shahri va Amudaryo tumanida bo‘lgan Ruslan Jumamuratov ham asosiy eʼtiborni tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan loyihalarni joyiga chiqib o‘rganishga qaratdi. Maqsad: Qonunchilik palatasi deputatlari uchun hududlardagi ijtimoiy masalalarni hal etishdagi tashabbuskorligini kuchaytirishga ajratilgan mablag‘ni yetarlicha ovoz olmagan muhim loyihalarga yo‘naltirishdir. Deputat aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazib, bu borada ularning fikr-mulohaza va takliflarini tingladi.

Ruslan Jumamuratov Bo‘zatov tumanidagi 1-sonli maktabda ham bo‘lib, “Tarbiya” fanining o‘qitilishi va darsliklar taʼminotini o‘rgandi. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida "Men ham ko‘chat ekaman" aksiyasida ishtirok etdi.