Deputatlar 40 yillik bog‘cha holatini o‘rgandi


553     26.03.2026

Parkentda o‘rganishlar olib borayotgan deputatlar – Zuhra Mirg‘oziyeva va Davron Aripovlar tuman hokimi Elmurod Po‘latov hamrohligida “Ochiq byudjet”da g‘olib bo‘lmagan tashabbuslarni joyiga chiqib o‘rgandi. Jumladan, “Kulichi” va “Qirg‘izovul” mahallalarining ichki yo‘lini taʼmirlash masalasi har yili tashabbusli byudjetga qo‘yiladi, lekin yetarlicha ovoz ololmaydi. Yog‘ingarchilik kunlarida bu yo‘llardan yurib ham bo‘lmaydi. O‘quvchilar esa loy kechishga majbur.

Deputatlar 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti holatini ham borib ko‘rdi. 120 o‘ringa mo‘ljallangan, 1986-yilda qurilgan bog‘cha bugun butkul taʼmirga muhtoj bo‘lib qolgan. Tom va “fasad” qismlari to‘liq taʼmirlanishi, eshik va romlar almashtirilishi lozim. Hududda yangi ko‘p qavatli uylar qurilayotgani inobatga olinsa, bog‘chaga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshadi.