G‘olib bo‘lmagan loyihalarda yana bir imkoniyat bor


879     27.03.2026

Fraksiya aʼzolari Nodirbek Tilavoldiyev va Jahongir Mamajonovlar Farg‘onaning Toshloq tumani hamda Marg‘ilon shahrining tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan loyihalarini o‘rgandi. Tahlillardan so‘ng yetarlicha ovoz ololmagan, lekin aholi uchun eng muhim bo‘lgan loyihalar deputatlar uchun ajratilgan mablag‘dan moliyalashtiriladi.

– Qonunchilik palatasi deputatlariga tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratilishi ilk bor amalga oshirilmoqda. Bu yangi amaliyot deputatga o‘z saylov okrugidagi ayrim muammolarni hal etishi bilan birga masʼuliyatini ham oshiradi, – deydi Nodirbek Tilavoldiyev.