681 27.03.2026
Renessans taʼlim universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 2025-2026 – o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 30 dan ortiq tashkilot, jumladan, partiyaning Toshkent shahar va Toshkent viloyati Kengashlari ham bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston mehnat bozori haqida maʼlumotlar taqdim etildi.
Yarmarka shunchaki ko‘rgazma emas, balki aniq natijalarga boy amaliy maydon bo‘ldi. Tadbir yakunida 52 nafar talaba o‘zi qiziqqan yo‘nalish bo‘yicha ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lgani maʼlum bo‘ldi.