Beshariqda ziyorat va ichki turizm rivoji


666     27.03.2026

Sayyora Jumayeva Farg‘onaning Beshariqdagi o‘rganishlarida XIX–XX asrlarga oid “Chilla mozor” arxeologik yodgorligining bugungi holati, ziyorat va ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Majmuani turizm marshrutiga kiritish, buning uchun infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Deputat, shuningdek, “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashdi. Ularning fikr-mulohozalariga quloq tutdi, muammolarini eshitdi. Yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish, bandligini taʼminlash yuzasidan tegishli masʼullarga tavsiyalar berdi.