777 30.03.2026
Fraksiya yig‘ilishi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishini taʼminlovchi qonun loyihasi muhokamasi bilan boshlandi. Jumladan, Prezident hamda hukumat qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyum va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma berish tartibini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda shu kungacha 180 dan ortiq qonun hujjatlari JST talablariga moslashtirildi.