Deputat va yoshlar uchrashuvi


261     31.03.2026

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi. Prezidentning “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati, rektor Gulchehra Rixsiyeva talabalarga ushbu hujjatning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berdi, savollarga javob qaytardi.

Uchrashuvda talaba-qizlar "Milliy tiklanish"ning “Talaba ona” ijtimoiy loyihasi bilan ham tanishtirildi. Shuningdek, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni asrash, erta turmushning oldini olish bo‘yicha maslahatlar berildi, universitetda tashkil etilgan “Ona va bola” xonasi faoliyati haqida maʼlumot berildi.