Deputatlar va talaba yoshlar ochiq muloqoti


762     01.04.2026

Partiyaning hududiy Kengashlari hamda deputatlari tashabbusi bilan Nukus davlat pedagogika instituti, Buxoro davlat universiteti hamda Zomin tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Prezidentning “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati tadbirlarning asosiy mavzusi bo‘ldi. 

Ochiq muloqotlarda, shuningdek, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom oila muhitini shakllantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.