162 19.09.2024
Xabar qilinganidek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining hududiy Kengashlari tomonidan partiyadan mahalliy Kengashlarga ko‘rsatilgan nomzodlar uchun o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tyapti. Jumladan, Xorazm va Andijon viloyatlarida ana shunday tadbirlar tashkil qilindi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida o‘tgan o‘quvda viloyat Kengashi raisi Rashid Ro‘ziboyev 350 nafar nomzodni partiyaning 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi bilan tanishtirgan bo‘lsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jumanazar Atajonov saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.
Andijon viloyati bo‘yicha partiyadan 450 nafar nomzod ko‘rsatilgan bo‘lib, ayni paytda ularning saylov jarayoni bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha samarali ishlar tashkil qilinayotganini taʼkidlash joiz.
Andijon davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminarda viloyat Kengashi raisi Hamidjon Omonov bu yilgi saylovlar kuchli raqobat muhitida o‘tishini taʼkidlab, nomzodlarni saylovoldi tadbirlarida faol bo‘lishga chaqirdi.
– Eng chekka hududlardagi saylovchilargacha ham yetib borishimiz va ularga partiyamiz dasturidagi g‘oya va maqsadlarimizni halqchil, sodda tarzda tushuntirishimiz lozim, – dedi Hamidjon Omonov.