Rahbarlarning birinchi galdagi vazifasi


663     03.04.2026

Partiyaning Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari Kengashlari raislari Saydulla Abduraimov hamda Ilhomjon Nosirovlarning yoshlar bilan ochiq muloqotlari tashkil etildi. “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbirda talabalarga O‘zbekistonning yoshlar siyosati hamda partiyaning yoshlar taʼlim-tarbiyasini mustahkamlash, kasb-hunar o‘rgatish borasidagi vazifalari xususida maʼlumotlar berildi.

– Bugun yurtimizning 22 millionli yoshlariga juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch sifatida qaralmoqda. Ularni til, kasb-hunarga o‘rgatish, sportga jalb etish, g‘oya va loyihalariga ko‘maklashib, ishli va daromadli qilish har bir rahbarning birinchi galdagi vazifasi bo‘lmog‘i lozim, – deydi Saydulla Abduraimov.