“Bibixonim” tarixiy roman taqdimoti


501     09.04.2026

Xabar qilinganidek, partiyamiz tashabbusi bilan Shahrisabzdagi “Oqsaroy” majmuasida “Amir Temur davlatchiligi tarixida Turon malikalarining o‘rni” mavzusida ilmiy-maʼrifiy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida Shahodat Isaxonovaning “Bibixonim” tarixiy romani taqdimoti tashkil etildi.

Mazkur asar Sohibqiron saltanatining toji, malika Saroymulkxonim hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, Bibixonim o‘z davrining maʼrifatli, oqila, oliyjanob, teran fikrli ayollaridan edi. Amir Temurga yelkadosh, avlodlari taʼlim-tarbiyasiga masʼul malika hayot sinov va evrilishlarida so‘nggi lahzagacha sadoqatda sobit bo‘ldi, o‘z sharafini saqlay oldi.        

Taqdimotda muallif romanning yaratilish tarixi, ahamiyati haqida gapirib, ishtirokchilarning savollariga javob qaytardi. Tadbirlar davom etmoqda.