457 09.04.2026
Qashqadaryodagi tadbirlar O‘quv-tadqiqot va tahlil markazining “Mahalliy Kengashlarda partiya guruhlari faoliyatini samarali tashkil etishning huquqiy asoslari” mavzusida respublika miqyosidagi o‘quv-seminari bilan davom etmoqda. Tadbirda partiyaning barcha darajadagi mahalliy Kengash deputatlari, deputatlar yordamchilari va mas'ul xodimlar ham masofadan ishtirok etmoqda.
– Tadbirdan asosiy maqsad: deputatlarning fuqarolar bilan ishlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, ochiq, tizimli va samarali muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish, deputatlik so‘rovi va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, deputat yordamchilari faoliyatini kuchaytirishdan iborat, – dedi markaz direktori Nargiza Xamidova.