602 10.04.2026
Partiyaning “Mening birinchi kutubxonam” loyihasi doirasida Qarshi shahridagi 41-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Bolangiz bilan kitob o‘qing" aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida bog‘chaga bolalar uchun mo‘ljallangan 60 dan ortiq nomdagi eng sara adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan aksiyadan maqsad, bolajonlarni mutolaaga qiziqtirish, maʼnaviy dunyosini boyitish, intellektual salohiyatini oshirishdan iborat.