Qardosh xalqlar o‘rtasidagi ishonchli hamkorlik


533     13.04.2026

Fraksiya yig‘ilishi Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning mamlakatimizga amaliy tashrifi muhokamasi bilan boshlandi. Bugungi tezkor o‘zgarishlar davrida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ishonchli, barqaror hamkorlik muhiti qaror topdi va bu jarayonda O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslari alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

– "Milliy tiklanish" doimo qardosh xalqlar, jumladan, O‘zbekiston–Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish tarafdori va bu borada barcha saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.