Uyushgan bezorilikka qarshi kurash kuchayadi


560     13.04.2026

So‘nggi yillarda uyushgan tarzda sodir etilayotgan bezoriliklar kuzatilmoqda. Jumladan, oxirgi besh yilda 77 ta uyushgan bezorilik yuz bergan. Bu aholining xavfsiz yashash muhitiga bo‘lgan ishonchining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan bu boradagi huquqiy choralar kuchaytirilyapti.

Jumanazar Otajonov: kuchaytirilayotgan taʼsir choralari mamlakatimizda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan huquqiy choralarni kuchaytirishga xizmat qiladi.