557 13.04.2026
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida navbatdagi “Kitobxonlik haftaligi” rasman ochildi. Tadbirda fraksiyamiz aʼzosi Dilnoza Azizova ham so‘zga chiqib, haftalikning yoshlar maʼnaviy kamolotida o‘rni haqida gapirdi.
– "Milliy tiklanish" partiyasi ham yoshlarni mutolaaga qiziqtirish, maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlarda faol hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, partiya “Mening birinchi kutubxonam” loyihasi doirasida eng chekka hududlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham "Bolangiz bilan kitob o‘qing" aksiyasi tashkil etilib, loyiha doirasida bog‘chalarga bolalar uchun mo‘ljallangan 60 dan ortiq nomdagi eng sara adabiyotlar to‘plami hamda kitob javonlari sovg‘a qilinyapti, – dedi Dilnoza Azizova.