Yosh pedagoglar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz beradi!


139     23.09.2024

   Partiyaning Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent davlat pedagogika universitetida “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

   Tadbirda partiyaning 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi mazmun-mohiyati, jumladan, Barkamol avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘nalishi – Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘yicha belgilangan taklif va tashabbuslar haqida maʼlumotlar berildi.

   Bo‘lajak pedagoglar ushbu yo‘nalishdagi “Yangi avlod tarbiyachi va pedagoglarini tayyorlash Davlat dasturi”ni qabul qilish, maktablarga pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qilishning shaffof tizimini amalga oshirish, o‘qituvchilar faoliyatiga baho berishning videokuzatuvga tayangan reyting ballari asosida haq to‘lash tizimini joriy etish kabi takliflarni qo‘llab-quvvatlab, 27-oktyabrga belgilangan saylovlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz berishga tayyorligini bildirdi.