Farmon mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda


496     17.04.2026

Prezidentning "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirish hamda ularga tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda ishchi guruh aʼzosi, Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova ham ishtirok etib, aholiga farmon mazmun-mohiyatini keng yoyish tadbirlarida faol ishtirok etdi. Muloqotlarda, shuningdek, farmon ijrosi doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar ham belgilandi.