676 17.04.2026
Toshkent shahar Kengashi deputati To‘lqin Teshabayev “Zarqo‘rg‘on” mahallasidagi saylovchilari bilan uchrashib, joriy yilning birinchi choragidagi faoliyati to‘g‘risida hisobot berdi. Kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi. So‘ngra mahalla “yettiligi” vakillari hamrohligida o‘tkazilgan ochiq muloqotda aholi murojaatlari qabul qilindi.
Aholi bilan muloqotda asosan mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, yoshlarni hunarli qilish va ish bilan taʼminlash, bolalar va sport maydonchalarini tartibga keltirish, ko‘p qavatli uylar oldidagi avtomobillarning tartibsiz harakati bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.