Zarafshon shahri hududi kengaytirilmoqda


670     20.04.2026

Fraksiya yig‘ilishida Navoiy viloyati Tomdi tumani hududining 2 459 gektar yer maydoni Zarafshon shahar tarkibiga o‘tkazilishi bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Buning natijasida 250 tadan ortiq sanoat va ishlab chiqarish loyihalari tashkil etiladi, 90 ta ijtimoiy soha obyekti hamda 500 ta savdo-maishiy va xizmat ko‘rsatish nuqtalari barpo etiladi. Va eng asosiysi, 15 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.