702 20.04.2026
Yig‘ilishda O‘zbekistonning kelib chiqish joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi Lissabon bitimining Jeneva aktiga qo‘shilish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mazkur hujjat joy nomlari bilan bog‘liq milliy mahsulotlarimizni xalqaro miqyosda huquqiy jihatdan himoya qilish imkoniyatini yaratadi.
Shu kungacha Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi, Oltiariq va Parkent uzumi kabi 24 ta geografik ko‘rsatkich ro‘yxatga olingan bo‘lib, endilikda ushbu nomlarni xalqaro miqyosida ham himoya qilish ehtiyoji paydo bo‘lmoqda. Hozirda yana 49 tadan ortiq geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilyapti.