Ombudsman taʼsir choralari yanada kuchaytiriladi


663     20.04.2026

Endi Inson huquqlari bo‘yicha vakil – Ombudsman faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, yaʼni ogohlantirish va talabnomalarini belgilangan vaqtda ko‘rib chiqmaslik yoki qasddan yolg‘on maʼlumotlarni berish jarimaga sabab bo‘ladi. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida bu haqda yangi norma belgilanmoqda.

Fraksiya aʼzolari inson huquqlari himoyasi har doim ustuvor ahamiyatga egaligidan kelib chiqib, qonun loyihasini birinchi o‘qishda maʼqulladilar.