183 24.09.2024
Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Partiyaning viloyat Kengashi raisi Ilhomjon Nosirov tadbirni ochar ekan, “Milliy tiklanish” uchun eng ustuvor masala, shubhasiz, bu – tarbiya ekanini taʼkidladi.
– “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori asosida ishlab chiqilgan yangi Saylovoldi dasturida ham bugun Yangi O‘zbekistonda hayot-mamot masalasiga aylangan tarbiya va taʼlimga ustuvorlik berilgan, – dedi Ilhomjon Nosirov yig‘ilganlarni dastur mazmun-mohiyati bilan tanishtirarkan.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 57-okrugdan ko‘rsatilgan nomzod Erkinjon Mahmudov hamda viloyat Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzod Mahbubaxon Toshmatovalar ham so‘zga chiqib, o‘zlarining saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi va kelajakda saylovchilar ishonchini oqlashga vaʼda berdi.
Tadbirda ishtirokchilar ham so‘zga chiqib, nomzodlar dasturi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda barchani 27-oktyabrda o‘tadigan saylovlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirdi.