470 24.04.2026
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ish beruvchilar bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda partiyaning Toshkent shahar va Toshkent viloyati Kengashlari vakillari hamda 40 ga yaqin xususiy, qo‘shma va xorijiy korxonalar 300 dan ortiq ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada talabalar bevosita ish beruvchilar bilan uchrashib, o‘zlarini sinab ko‘rish, savollariga javob olish va kelajakdagi ish faoliyati uchun muhim aloqalar o‘rnatish, eng muhimi, o‘z “rezyume”larini topshirib, dastlabki suhbatlardan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shu maʼnoda, “Karyera kuni” – bu shunchaki yarmarka emas, balki kelajak sari muhim qadamdir.