1002 27.04.2026
Fraksiya yig‘ilishi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil birinchi chorak yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi muhokamasi bilan boshlandi. Global ziddiyatlarga qaramay hisobot davrida mamlakatimizda YAIM 8,7%, sanoat 8%, xizmatlar esa 16,1 foizga o‘sdi.
– Iqtisodiy natijalarni O‘zbekiston joriy yilda nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti moʻtadil erkin” davlatlar qatoridan joy olganidan ham ko‘rish mumkin, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.