Ko‘pchilik kutgan qonun


668     27.04.2026

Mamlakatimizda kiberjinoyatlarga qarshi kurashda yagona masʼul idora belgilanmagani, har bir idora o‘zicha kurashayotgani bunday jinoyatlar ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun: so‘nggi besh yilda kiberjinoyatlar 68 baravarga oshgan. Fraksiyada muhokama qilingan qonun loyihasi bilan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashni davlat tomonidan tartibga solish va Ichki ishlar vazirligini bu borada vakolatli organ etib belgilash taklif etilmoqda.

Jahongir Shirinov: odatda “plastik” kartadan pul o‘g‘irlansa, shaxsning o‘zini aybdor qilishga o‘rganib qolganmiz. Aslida davlatning o‘zi avvalo bu boradagi himoyani taʼminlashi lozim. Shu maʼnoda, ushbu loyihani ko‘pchilik kutgan qonun desak to‘g‘ri bo‘ladi.