Shaxsiy ma'lumotlarni begonaga bermang!


580     27.04.2026

O‘rganishlardan maʼlum bo‘ldiki, bank kartalari bilan bog‘liq jinoyatlarning 95 foizidan ortig‘i begona shaxslar nomidagi bank kartalari yoki elektron hamyonlar orqali sodir etilmoqda. Bu jinoyatni fosh etishni yanada qiyinlashtirmoqda. Asosiy javobgarlar aybsiz qolib ketyapti.

Zuhra Mirg‘oziyeva: loyiha bilan amaldagi qonunchilikka elektron to‘lov vositasi yoki kripto-hamyon yoxud bank hisobvarag‘ining boshqarish imkoniyatini beruvchi maʼlumotlarni qasddan boshqa shaxsga berish, to‘lov operatorlarining bu boradagi talablarga rioya etmaganligi natijasida yuzaga kelgan moddiy zararni ular hisobidan undirish belgilanmoqda.