Buxoro davlat pedagogika institutida uchrashuv o'tkazildi.


132     24.09.2024

   Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan tadbirda partiyadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari, xayrixoh yoshlar, xotin-qizlar, mahalla faollari, ko‘p sonli saylovchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

   Ta’kidlanganidek, partiyaning bosh maqsadi – Qudratli davlatga tayangan, qonunlari milliy va umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘un, inson qadri baland, farovon jamiyat qurishdir. Yetti yo‘nalishdan iborat 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturning asosiy mazmuni esa “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shioriga tayangan holda barcha g‘oya-tashabbuslarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘un bo‘lishiga erishishdir.

   Uchrashuvda turli soha vakillari ham so‘z olib, partiyaning hamda nomzodlarning saylovoldi dasturidagi maqsad va g'oyalarni qo'llab-quvvatlagan holda barchani 27-oktyabrda o‘tadigan saylovlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirdi.