Pedagogika – hayot-mamot masalasini belgilovchi kasb


579     29.04.2026

Fraksiya aʼzolarining hududlar bo‘ylab o‘rganishlari boshlandi. Jumladan, Markaziy kengash raisi Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘istondagi o‘rganishlari doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yoshlari bilan uchrashdi. Partiya rahbari pedagog kasbining ulug‘ligi haqida gapirib, Yangi O‘zbekistonda soha xodimlariga har qachongidanda katta masʼuliyat yuklanayotgani bejiz emasligini taʼkidladi.

– Vatanimiz kelajagi qanday bo‘lishi siz kabi bo‘lajak pedagoglarga bog‘liq. Siz taʼlim-tarbiya beradigan yoshlar ertaga mamlakat kelajagiga masʼul bo‘ladi. Shunday ekan, pedagogikaga hayot-mamot masalasini belgilovchi kasb sifatida qarab, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun bugun tinimsiz o‘qib-o‘rganishlaringiz lozim, – dedi Alisher Qodirov.