Yechimini kutayotgan muammo sessiyada hal etiladi


894     29.04.2026

Kozimjon Tojiyevning Navoiy viloyatidagi o‘rganishlari Navbahor tumanidan boshlandi. Deputat viloyat Kengashi raisi To‘lqin Ahmedov hamda mahalliy deputatlar hamrohligida 1-sonli sport maktabi sharoitlari bilan tanishdi. O‘rganishlardan maʼlum bo‘ldiki, maktabning suzish havzasi uzoq vaqtdan buyon ishlamaydi. Bunga 105 million so‘mlik qarzdorlik sabab bo‘lgan. Maktab maʼmuriyati bu qarzdorlik noto‘g‘ri hisob-kitobdan paydo bo‘lgan degan qarashda qatʼiy turibdi. Natijada gaz idorasi bilan ziddiyat yuzaga kelgan.

Deputat Kozim Tojiyev ushbu masalada mahalliy deputatlar hamda gaz idorasi rahbariyati bilan maslahatlashib, muammoni tuman Kengashi sessiyasida ko‘tarish orqali hal etishga kelishdi.