“Madaniyat”ning ijtimoiy muammosi


579     30.04.2026

Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Nazira Muxtorova o‘z yo‘nalishidan kelib chiqib, Jizzaxdagi o‘rganishlarini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi shahar bo‘limi faoliyati bilan tanishuvdan boshladi. So‘ng viloyat markazidagi “Texnopark”da bo‘lib, qo‘shma korxonalarda ishlayotgan xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda ijtimoiy himoyasini o‘rgandi.

“Madaniyat” markazidagi uchrashuvda esa dastlab “yettilik” faoliyati o‘rganildi. So‘ngra fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, murojaatlari tinglandi. Uchrashuvda asosan mahalla ichki ko‘chalarini yoritish bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.