557 30.04.2026
Go‘zal Samiyeva Uzun tumanidagi o‘rganishlarida maktablar faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, mahalliy deputatlar hamrohligida 2-sonli maktabda “Tarbiya” va "Kelajak soati" darslarining o‘qitilish jarayonini kuzatgan bo‘lsa, 23-sonli maktabda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.
Deputat, shuningdek, 14-sonli bog‘cha faoliyatini ham o‘rgandi. Ustozlarning taʼlim yo‘nalishida qonunchilikka kiritilishi mumkin bo‘lgan takliflarini eshitdi.