Ikki asrlik qadimiy qabriston ziyorati


1265     30.04.2026

Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh Xo‘jayli tumanidagi “Mizdakxan” tarixiy obidasining turizm imkoniyatlarini o‘rgandi. Majmua Gyaup Qalʼa, Mazlumxon Sulu, Xalfa Yerejep kabi maqbaralar o‘z ichiga olgan bo‘lib, ikki mingdan ziyod yillar avval paydo bo‘lgan qadimiy qabristondan iborat.
 
Markaziy kengash raisi “ziyoratchilar yurti” deya ataladigan majmuaga xorijiy sayyohlarni ham jalb etish va buning uchun qilinayotgan ishlar bilan tanishdi, bu borada o‘z takliflarini berdi. Chunki majmuaga kelayotgan yuz minglab ziyoratchilarning asosiy qismini mahalliy aholi tashkil etadi. Tarixiy manbaalarda qadimda Xo‘jaylining nomi Mizdahqon bo‘lgani taʼkidlanadi.