Bir qo‘ng‘iroq bilan hal etilgan masalalar


565     30.04.2026

Sherzod To‘xtashev Samarqand viloyati Kengashi raisi va deputati Akbar Axtamov hamrohligida Pastdarg‘omning “Gumbaz”, “Istiqlol” va “Do‘rmonsoy” mahallalari aholisi murojaatlarini qabul qildi. Uchrashuvlarda maktabga qo‘shimcha bino qurish, ichki yo‘llar taʼmiri, poliklinikada oliy toifali shifokor yetishmasligi, suyultirilgan gazning vaqtida yetkazilmayotgani kabi masalalar ko‘tarildi.        

Deputat bir qo‘ng‘iroq bilan hal etiladigan masalalarni joyida bartaraf etgan bo‘lsa, baʼzilariga “Deputat so‘rovi” chiqariladigan bo‘ldi. Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” orqali yechiladigan masalalar ham aniqlashtirib olindi.