Yakuniga yetmagan ishlar va bajarilmagan vaʼdalar


579     30.04.2026

Mahalliy deputatlar hamrohligida Sirdaryoning Oqoltin tumanida bo‘lgan Sherzod Qulmatov 2022-yilda rekonstruksiya qilingan ixtisoslashtirilgan maktabda hali yakuniga yetmagan ishlar borligini aniqladi. Jumladan, yong‘inga qarshi choralar ko‘rilmagan, bolalar yuvinish xonalari to‘la jihozlanmagan, yoritgichlar, internet va kuzatuv kameralari ishlamaydi. Vaʼda qilingan 16 dona kompyuter va printerlardan hamon darak yo‘q. Aniqlangan kamchiliklar hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Deputatlar, shuningdek, 1 va 18-sonli maktablarda ham bo‘lib, yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida darslarning o‘tkazilish jarayonlari bilan tanishdi