498 30.04.2026
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida mahalliy deputatlar hamda “Yoshlar parlamenti” aʼzolari hamrohligida o‘rganishlar olib borayotgan Abdulhakim Eshboyev 33-sonli maktabda “Tarbiya” fanining o‘qitilish jarayonlari bilan tanishdi.
O‘qituvchilar bilan ushbu fanning yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi o‘rni, mutaxassis, metodik va darsliklar taʼminoti masalalarida suhbatlashdi. Deputat, shuningdek, ijro organi masʼullari hamrohligida “Jaloir" mahallasi aholisi murojaatlarini ham o‘rgandi.