666 01.05.2026
Buxoroning G‘ijduvon tumanida Markaziy kengash vakillari hamda mahalliy deputatlar hamrohligida o‘rganishlar olib borayotgan Maxsud Muhammedov dastlab Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internati yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ma'lum bo'ldiki, sportchilarga yugurish yo'lagi va qo'shimcha binoga ehtiyoj bor.
Maxsud Muhammedov ushbu masalalarda mahalliy Kengash deputatlari bilan birgalikda tez orada amaliy yordam berishga va'da berdi. Shu bilan birga o'rganishlar davomida “Mening bog‘im” dasturi doirasida mablag' ajratilishi lozim bo'lgan 4 ta loyiha bilan tanishdi.
Hamdam Niyozov