Toifa imtihonlari maktab darsliklari asosida tashkil etilishi kerak


478     01.05.2026

Globallashayotgan dunyoda taʼlim-tarbiya masalalari, milliylikka bo‘lgan salbiy taʼsir, yoshlarni vatanparvarlik ruhida Voyaga yetkazish maqsadida “Tarbiya” fani joriy etilganiga ham besh yildan oshdi. Lekin hamon ushbu fanni o‘qitish bilan bog‘liq muammolar bor. Jumladan, mutaxassislar yetishmasligidan boshqa fan o‘qituvchilari dars o‘tmoqda. Kitob va metodik qo‘llanmalar yetarli emas.

Andijonning Marhamat tumanida o‘rganishlar olib borgan Baxtiyor Maniyazov asosiy eʼtiborni shu masalaga qaratdi. O‘qituvchilar bilan ushbu fanni o‘qitish, darsliklarni yaxshilash borasida suhbatlashdi. Ustozlarning toifa imtihonlarini maktab darsliklari asosida tashkil etish, bu borada xorijiy adabiyotlardan foydalanishni qisqartirish orqali ortiqcha vaqtni bevosita taʼlimga yo‘naltirish bo‘yicha takliflarini oldi.