O‘quvchilar ekologik madaniyatga, mehnatga o‘rgatilmoqda


465     01.05.2026

Yashnobod tumanidagi 255-sonli maktab taʼlim maskanlari o‘rtasida tashkil etilgan “Yashil bog‘” va “Yashil belbog‘” loyihalari g‘olibi sifatida eʼtirof etilgani bejiz emas. Maktabda o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida bog‘ barpo etilgan. “Zamin” fondi ko‘magi bilan tashkil etilgan kichik issiqxonasida ham bolalar mehnatga o‘rgatiladigan, ham  ko‘kat va sabzavot yetishtiradigan tajriba maydonchasi vazifasini o‘tamoqda.

Ushbu maktab faoliyati bilan tanishgan Vasila Fayziyeva maktabdagi bunday ishlarni yuqori baholab, ushbu maktab tajribasini shahardagi boshqa maktablarga ham keng yoyish taklifini bildirdi.