663 01.05.2026
Nodir Tilavoldiyev Toshloq tumanidagi o‘rganishlarida 2-son texnikum yoshlari bilan uchrashdi. So‘ng shu yerda tashkil etilgan tikuvchilik markazi faoliyati bilan tanishdi va hali texnikumni zamonaviy jihozlar taʼminoti, yoshlarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish bo‘yicha tizimli masalalar borligini aniqladi. “O‘zbekiston” mahallasidagi mashhur “skuterchi opa” bilan ko‘rishdik. Aniq hisob-kitob va aql bilan kredit olib, undan to‘g‘ri foydalanishni opadan o‘rganish kerak”, – deydi deputat.
Deputatning aytganicha bor: Go‘zal Abdullayeva hokim yordamchisi ko‘magi bilan kredit olib, “skuter” sotib oldi va ko‘chma savdoni yo‘lga qo‘ydi. Opa bu bilan ham odamlar og‘irini yengil qilmoqda, ham ro‘zg‘origa yordam qilyapti. Ishning ko‘zini bilgan ayol endi “Labo” olish harakatiga tushgan.