665 01.05.2026
Qibray tumanida bo‘lgan Zuhra Mirg‘oziyeva va Davron Aripovlar 9-sonli maktabda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi oldini olish, yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Maʼlum bo‘lishicha, maktabda davomat 95, oliy taʼlim qamrovi esa 60 foizni tashkil etmoqda. Huquqbuzarlik qayd etilmagan. Tumanda yagona hisoblangan “Jasorat sinfi” faoliyat ko‘rsatayotgani eʼtiborga molik.
14-sonli maktabda tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida deputatlar hamda tuman mutasaddilarining ishtiroki o‘quvchilarni qiynayotgan masalalarni tezkor yechishga yordam berdi. Jumladan, futbol maydonini taʼmirlash, taekvondo to‘garagi va xorijiy tillar bo‘yicha erkin so‘zlashuv klubini ochish masalasi hal etildi. Fraksiya aʼzolari “qizil toifa”dan chiqqan 33-sonli maktabda ham bo‘ldilar.