Tarbiyasiz olingan bilim – xavfli


554     01.05.2026

Davlatobod tumanidagi 95-sonli maktabda taʼlim Yaponiya tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bilim qatʼiy tarbiya, intizom asosida beriladi. Ushbu maktabda bo‘lgan Dilnoza Azizova “Tarbiya” va “Kelajak soati” darslarini o‘qitish, yosh avlodga milliy qadriyatlar ruhini singdirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

“2-sinf o‘quvchisidan “Tarbiyasiz olingan bilim – xavfli” degan so‘zni eshitib, bu yerda uyg‘unlikda olib borilayotgan qatʼiy taʼlim va tarbiya tom maʼnoda o‘zini oqlayotganiga yana bir bor ishonch hosil qildim”, – deydi deputat.